BIZ HAQIMIZDA VIRTUAL QABULXONA SAYTNING MOBIL KO'RINISHI
Bo'lim nizomi

BO"LIM NIZOMI

Ozbkistn Rspubliksi Xlq t`limi vazirligining 2011 yil "23 martdagi 60-sonli buyrugiga 1-ilova

Toshkentviloyati Yangiyo'ltumani Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bolimi

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman bolimi (keyingi orinlarda Bolim - deb yuritiladi) Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan tuman, shahar hokimiyati tomonidan tashkil etiladi va oz faoliyati davomida yuqori turuvchi xalq ta'limi boshqaruv organi tasarrufida boladi.

2. Bolim oz faoliyatida Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ozbekiston Respublikasining Ta'lim togrisidagi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi togrisidagi va boshqa qonunlariga, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, Ozbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, yuqori turuvchi xalq ta'limi boshqaruv organi hamda mahalliy hokimiyatning qaror va boshqa me'yoriy hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Bolim oz tasarrufidagi ta'lim boyicha barcha ta'lim muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda bolalar va oquvchilar ta'lim-tarbiyasining sifati, fan asoslarini ozlashtirish ehtiyojlarini rivojlantirish va ular bilan kasbga yonaltirish ishlarini olib borishni tashkillashtirish uchun mas'ul hisoblanadi.

4. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlari, Xalq ta'limi vazirligi va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi Hay'at qarori, buyruq va topshiriqlarining ijrosini tarkibidagi bolinmalar va tasarrufidagi ta'lim muassasalari tomonidan oz vaqtida, toliq va sifatli bajarilishini ta'minlaydi.

5. Bolim oz faoliyatini davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning ozini-ozi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan ozaro hamkorlikda amalga oshiradi.

6. Bolim va uning tasarrufidagi ta'lim muassasalarining moddiy-texnika ta'minoti, shuningdek, ularda ishlovchi xodimlarning mehnatiga haq tolash shu maqsad uchun ajratiladigan mablaglar doirasida mahalliy byudjet hisobidan hamda qonunchilikda ta'qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

7. Bolim yuridik shaxs hisoblanadi hamda Ozbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oz nomi yozilgan muhrga ega boladi.

8. Bolim ilgari faoliyat yuritgan tuman xalq ta'limi bolimining vorisi hisoblanadi.

II. Bolim oz faoliyatida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillariga asoslanadi.

9. Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari:

ta'lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda ekanligi;

ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

umumiy orta ta'limning majburiyligi;

ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning barcha uchun ochiqligi;

ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;

bilimli bolishni va iste'dodni ragbatlantirish;

ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish.

10. Bolimning muhim maqsadli vazifasi - "Ta'lim togrisidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari va ustuvor yonalishlarini amalga oshirishdan iboratdir.

III. Bolimning vazifalari va faoliyat yonalishlari

11. Bolimning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari quyidagilardan iborat:

maktabgacha, umumiy orta va maktabdan tashqari ta'lim tizimini rivojlantirishga yonaltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash, pedagogik kadrlar, ayniqsa, boshlangich sinf oqituvchilarining malakasi va kasbiy mahoratini oshirish;

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, maktabgacha, umumiy orta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat ta'lim standartlari(talablari)ga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;

maktabgacha, umumiy orta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida oquv-tarbiya ishlarini metodik ta'minlashni tashkil etish, oquv-tarbiya jarayoniga oqitishning zamonaviy va ilgor shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etishni ta'minlaydi;

ta'lim muassasalari tomonidan ular huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan oquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va jihozlaridan samarali foydalanishni ta'minlaydi;

oquvchilarning kasbga yonaltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va osmirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etadi;

bolalar sportini rivojlantirish va oquvchi-yoshlarni, ayniqsa, qishloq joylarida jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shugullanishga ommaviy jalb etadi;

bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim tizimini takomillashtirish, osib kelayotgan yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ular orasida iste'dodlarni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarning milliy va jahon san'atining yuksak namunalaridan keng baxramand bolishi yuzasidan zarur shart-sharoitlar yaratadi;

oquvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yuqori darajadagi ma'naviy-ma'rifiy tarbiya berish, mamlakat taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga yonaltirilgan, milliy mustaqillik goyalari singdirilgan, Vatani va oz xalqiga sodiq fuqarolarni shakllantirishga yonaltirilgan ta'lim-tarbiyani amalga oshiradi;

tarkibidagi bolinmalar va tasarrufidagi ta'lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash vazifalarini amalga oshiradi hamda ularning natijalari boyicha hujjatlarni tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam korsatadi.

12. Bolim oziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi:

xalq ta'limi muassasalarining Ozbekiston Respublikasi "Ta'lim togrisidagi Qonunida belgilangan qoidalarga va umumiy orta ta'lim davlat ta'lim standartlariga amal qilishini monitoring hamda nazorat qiladi;

tegishli manfaatdor organlar va muassasalar, joylardagi fuqarolarning ozini-ozi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Ozbekiston Respublikasi "Ta'lim togrisidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yonaltirilgan ishlarni ta'minlaydi;

ta'lim muassasalari ish amaliyotiga umumiy orta ta'lim davlat ta'lim standartlari, ilmiy yutuqlar va ilgor pedagogik tajribalarning tatbiq etilishiga sharoit yaratadi;

ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayoniga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

ilgor oqituvchilar va ta'lim muassasalarining ijobiy ish tajribasini organadi hamda umumlashtiradi, ta'lim muassasalaridagi oquv-metodik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish davomida uni keng ommalashtiradi;

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, umumta'lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari ustidan metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

oquvchilar bilan maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni, jumladan, bolalar turizmi va olkashunoslik, bolalar texnik ijodkorligi va xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtiradi, ularning milliy turlari va shakllarini qayta tiklashga va yangilarini joriy etadi;

ta'lim muassasalarini dasturlar, oquv rejalari, oquv-korgazmali qollanmalar va oquv uskunalari, ta'limning texnik vositalari, qollanma-metodik adabiyotlar bilan ta'minlash ishlarini amalga oshiradi;

umumta'lim maktablarida darsliklar kutubxona fondini jamlash hamda undan oquv jarayonida togri foydalanish boyicha ishlarni ta'minlaydi;

umumta'lim maktablari bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichi orta maxsus, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oqishga kirishini tashkil qiladi;

ta'lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishini, ulardan samarali foydalanishni, pedagog xodimlarni shu sohadagi malakasini oshirilishini ta'minlaydi;

maktab-internatlar, "Mehribonlik uylari va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ovqatlanishlarini tashkil etishni nazorat qiladi;

umumiy orta ta'lim hajmida, tibbiy korsatmalar asosida bolalarning uyda yakka tartibda ta'lim-tarbiya olishiga sharoit yaratadi;

ota-ona qaramogisiz qolgan bolalarni aniqlaydi, ularning hisobini olib boradi hamda ota-ona qaramogini yoqotganlikning aniq holatlaridan kelib chiqib, bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoyasi boyicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan hamkorlikda ish olib boradi;

toliq davlat ta'minoti asosida, yetim bolalarni va ota-ona qarovidan mahrum bolgan bolalarni davlat va nodavlat ta'lim muassasalari ta'minotiga olish, oqitish, tarbiyalash va kasb-hunarga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;

jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalarni oqitish, tarbiyalash va moddiy ta'minlashni tashkil qiladi, ularni kasb-hunarga tayyorlashni, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini va moddiy ta'minotini, tibbiy xizmat korsatilishini va soglomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablar tarmogini rivojlantiradi;

tuman ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchi-oquvchilarning ota-onalari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamgarmalar bilan ijodiy faol, Ozbekiston mustaqilligi goyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq hissa qoshishga layoqatli shaxsni kamol toptirish boyicha ozaro yaqin hamkorlikni tashkil etadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda aholining maktabgacha ta'limga bolgan ehtiyojlarini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tolaqonli jismoniy va aqliy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, bolalar va osmirlar uchun maktabdan tashqari va oquv-tarbiya muassasalari tarmogini rivojlantiradi, osib kelayotgan avlodning ijodiy faoliyatini va soglom hordigini, ularning qiziqishlari va istaklarini qondirishni, qobiliyati va iste'dodini har tomonlama rivojlantirishni ta'minlovchi muassasalarni rivojlantiradi;

tasarrufidagi ta'lim muassasalarining Ustavlarini tasdiqlaydi;

tuman (shahar) sogliqni saqlash bolimi bilan birgalikda bolalar, oquvchilar va oqituvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni ta'minlash ishlarini amalga oshiradi;

belgilangan tartibda maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari ta'limning muhim masalalari boyicha yigilishlar, seminarlar otkazadi;

bolalar sporti inshootlarining samarali faoliyat korsatishi, ularning quvvatidan toliq foydalanilishini ta'minlash, sport seksiyalarining samarali faoliyat korsatishi va metodik ta'minotini, ularning malakali sport murabbiylari bilan ta'minlaydi;

tasarrufidagi ta'lim muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash boyicha chora-tadbirlar qabul qiladi, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashni amalga oshiradi, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

ta'lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarni attestatsiyadan otkazish boyicha ishlarni tashkil qiladi;

ta'lim muassasalarini attestatsiyadan otkazish va akkreditatsiyalash boyicha ishlarni tashkil qiladi;

pedagog xodimlarni mehnatda yuqori korsatkichlari, oquvchi yoshlarni oqitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Hukumat va idoraviy mukofotlarga belgilangan tartibda taqdim etadi;

ta'lim muassasalarida qurilish ishlari olib borilishi va ularni zarur jihozlar bilan ta'minlanishi ustidan nazoratni, ta'lim muassasalarining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik boyicha ishlarni amalga oshiradi;

bolimning yillik xarajatlarini rejalashtiradi;

bolimning reja korsatgichlarini belgilangan me'yoriy hujjatlarga asosan tuzadi;

bolimning buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bolsa, bolimda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni oz vaqtida va toliq topshirilishiga, shuningdek boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajaradi;

quyi tashkilotlarni toliq nazorat qiladi hamda barcha turdagi moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi va yuqori tashkilotlarga topshiradi;

buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid nizomlar, yoriqnomalar, qollanmalar, uslubiy korsatmalarni va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tizimli ravishda hisobini olib borish va ish jarayonida muntazam foydalanadi;

fuqarolarning murojaatlari oz vaqtida hamda togri korib chiqilishini ta'minlaydi, fuqarolarning shikoyatlariga sabab bolayotgan omillarni bartaraf etishga yonaltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi.

13. Bolim oziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, tasarrufidagi boshqa muassasalar orqali amalga oshiradi.

IV. Bolimning huquq va majburiyatlari

14. Bolim oziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

maktabgacha, umumiy orta, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida, ularning mulkchilik shakllari va boysunishidan qat'iy nazar, Ozbekiston Respublikasi Ta'lim togrisidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda ta'lim masalalari boyicha boshqa qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirish;

ta'lim boyicha alohida masalalarni hal etish, ta'lim muassasalari ishlarini takomillashtirish, ularning oquv-moddiy negizini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi xalq ta'limi organiga korib chiqish uchun kiritish;

oz tasarrufida bolgan ta'lim muassasalari xodimlarini ishdan boshatish va ularni javobgarlikka tortish togrisida mehnat qonunchiligiga zid ravishda qabul qilingan buyruqlarini bekor qilish;

Kengash yigilishlarida bolim vakolatiga kiruvchi masalalar boyicha ta'lim muassasalari hisobotlarini korib chiqish;

bolim amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bolishi mumkin.

Bolim oz majburiyatlari boyicha ta'lim muassasalarida ta'lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirilishini ta'minlashda oziga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi uchun javob beradi.

V. Bolim faoliyatini tashkil etish

15. Bolimga yuqori xalq ta'limi boshqaruv organining tavsiyasiga kora Ozbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan bolim mudiri rahbarlik qiladi.

16. Bolim mudiri:

bolim faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda bolimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

bolim mas'ul shaxslarining vakolatlarini, ularning tasarrufdagi ta'lim muassasalari faoliyatlari yonalishlari boyicha javobgarlik darajasini belgilaydi;

yuqori turadigan davlat hukumati va xalq ta'limi boshqaruvi organlarining me'yoriy hujjatlari, hokimiyat qarorlari asosida va ularni bajarish yuzasidan oz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, ijro etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;

bolim, tasarrufidagi ta'lim muassasalari xodimlarini belgilangan kadrlar nomenklaturasiga muvofiq ishga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.

bolim mudiri oz vakolati doirasida qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

17. Bolimning tuzilmasi va shtatlari ornatilgan tartibda tasdiqlanadi.

18. Bolimda yetti kishidan iborat Kengash tashkil etiladi:

bolim mudiri - Kengash raisi, bolim xodimlari, ta'lim muassasalari rahbarlari, xodimlari tarkibidan - Kengash a'zolari belgilanadi.

Kengash tarkibi yuqori turuvchi xalq ta'limi boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.

Kengash oz majlislarida bolim faoliyatining asosiy masalalarini korib chiqadi, ta'lim muassasalari rahbarlarining bolalar va oquvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning sifat darajasi, me'yoriy hujjatlarning bajarilishi, pedagogik kadrlarni tanlash va ulardan foydalanish yuzasidan hisobotlarini tinglaydi, shuningdek, bolim vakolatiga kiruvchi boshqa muhim masalalarni korib chiqadi.

Kengash qarori bolim mudiri buyrugi bilan amalga oshiriladi.

19. Bolimni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

dle


Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, yangiyultxtb.uz manbasi ko'rsatilishi shart.