BIZ HAQIMIZDA VIRTUAL QABULXONA SAYTNING MOBIL KO'RINISHI


Ona tili

Ananaviy avgust kengashlarining ona tili fani boyicha shoba yigilishlarida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimining davlat talim standartlarini tasdiqlash togrisidagi 187-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat talim standartlari va oquv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan zarur tavsiyalar berish muhim. Shuningdek, Ilgor tajribalarni namoyish etish va ommalashtirish, bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadasi natijalari tahlili yuzasidan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusidagi rejalar belgilab olinishi kerak. Umumiy orta talim muassasalarida oquv, ilmiy-metodik, manaviy-axloqiy tarbiya faoliyatida samarali natijalarga erishayotgan, kasbiy mahorati yuqori bolgan oqituvchilarning ish tajribalarini aniqlash, organish, ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan Mahorat maktablarida oquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, ilgor tajribalarning organilishi shoba ishlari samaradorligini oshiradi. (barcha fanlar bo'yicha ma'lumotlarni yuklab olish tugmasini bosing!)



ELON!!!

24.07.17 | : Madanyat

Hurmatli tadbirkorlar,

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016 yil 2 maydagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-humar ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlantirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tadbirlari to'g'risida"gi 132-sonli qaroriga asosan tumandagi ta'lim muassasalari oshxonalarini ijaraga olib ishlatish uchun tanlov o'tkazilishini tuman tanlov komissiyasi ma'lum qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun arizalar tumaning 60-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida qabul qilinadi.

Tanlov 2017 yil 1 avgust kuni tuman hokimligi binosining 2-qavatidagi kichik zalda soat 16:00 da o'tkaziladi.

Tanlov komissiuasining manzili tuman xokimligining 2-qavatida.

Murojaat uchun telefon: (+99893) 553-92-91, (+99870) 602-30-33, (+99870) 602-15-17

Tuman tanlov komissiyasi



Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimining davlat talim standartlarini tasdiqlash togrisidagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy orta talimning davlat talim standarti hamda Xalq talimi vazirining 2017-yil 3 iyundagi Umumiy orta talimning davlat talim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan oquv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish togrisidagi 190-sonli buyrugi bilan []





Xayr maktab - salom kollej tadbirlari o'quvchilarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g'oyasini, xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg'usini chuqur singdirish, ularda kelajakka ishonch, keksalarga va ustozlarga hurmat-ehtirom, Vatanga muhabat kabi tuyg'ularni shakllantirishga hamda zamonaviy kasb-hunarga ega bo'lish ishtiyoqini jonlantirishga yo'naltiriladi.

Tadbirlarda mahalla fuqarolar yig'inlari faollari, faxriy o'qituvchilar, ota-onalar, maktabning sobiq bitiruvchilari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari ishtirok etib, o'quvchilarga yurtimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari to'g'risida aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda jonli muloqotlar tashkil etiladi.

Xayr maktab - salom kollej tadbirlarida o'quv yili sarhisob qilinib, sport musobaqalari, musiqa tanlovlari, bilimlar bellashuvi va umuman maktab hayotida faol ishtirok etgan faol iqtidorli o'quvchilar hamda fidoyi o'qituvchilar taqdirlanadi.

Jumladan, o'z qobiliyati va iqtidori bilan bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasi, turli sport musobaqalarida yuqori o'rinlarni egallab, ustozlari va ota-onalar ishonchini oqlagan o'quvchilar alohida taqdirlanadi. Shuningdek, Eng ibratli o'quvchi, Eng faol o'quvchi, Ijodkor o'quvchi, Yosh ixtirochi, Maktabimiz faxri, Sport ustasi, Kompyuter ustasi, Eng orasta qiz kabi nominatsiyalar bo'yicha iqtidorli va namunali o'quvchilar taqdirlanadi.

Tadbirlar gigiena va tozalik talablari, yong'in va texnik xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda o'tkazilishi shart.



Xalq ta'limi vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan ko'rib chiqish, fuqarolarning ta'lim oid huquqlarini ta`minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda, xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi, vazirlik ishonch telefoni va hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralarida tashkil etilgan virtual qabulxonalar orqali fuqarolarning murojaatlari qonunda belgilangan tartibda korib chiqilmoqda.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida vazirlik tomonidan yana bir yangilik joriy qilindi. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ta'lim muassasalari bilan ota-onalarning ozaro hamkorligini yanada kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish, ota-onalar bilan ta'lim tizimiga oid muammolarni joyida hal etish, bu borada aholi bilan yaqindan doimiy muloqotni tizimli tashkil qilish maksadida shu yilning 1-martidan boshlab respublikadagi barcha umumta'lim maktablarida Ota-onalar bilan muloqot xonasi tashkil etildi.

Muloqot xonasida ota-onalar belgilangan jadval asosida muassasa rahbari, oquv-tarbiya ishlari boyicha orinbosar yoki ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha direktor orinbosari tomonidan qabul qilinadi. Muloqot jarayoniga fuqarolarning murojaatidagi masalalarning mazmun mohiyatidan kelib chiqib, malakali va tajribali oqituvchilar yoki tegishli sinf rahbarlari jalb qilinishi ham mumkin.

Shuningdek, har oyda kamida bir marta umumiy orta ta'lim muassasalari huzuridagi Oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi a'zolari ishtirokida Ota-onalar bilan muloqot kunlari ham tashkil etiladi.

Ota-onalar istalgan vaqtda u yerga kelib, ozlarini qiziqtirgan masala yuzasidan rahbar xodimlar bilan muloqot ornatishi mumkin. Bu esa mavjud muammolarni joyida tezkorlik bilan hal qilish hamda oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish imkonini beradi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati



Maktabgacha ta'lim muassasalari





Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, yangiyultxtb.uz manbasi ko'rsatilishi shart.