BIZ HAQIMIZDA VIRTUAL QABULXONA SAYTNING MOBIL KO'RINISHI

25 may kuni Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanidagi barcha maktablarida Xayr, maktab salom, kollej! tadbirlari ko'tarinki ruhda tashkil etilokda

25.05.17 | Bo'lim: Madanyat


Xayr maktab - salom kollej tadbirlari o'quvchilarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g'oyasini, xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg'usini chuqur singdirish, ularda kelajakka ishonch, keksalarga va ustozlarga hurmat-ehtirom, Vatanga muhabat kabi tuyg'ularni shakllantirishga hamda zamonaviy kasb-hunarga ega bo'lish ishtiyoqini jonlantirishga yo'naltiriladi.

Tadbirlarda mahalla fuqarolar yig'inlari faollari, faxriy o'qituvchilar, ota-onalar, maktabning sobiq bitiruvchilari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari ishtirok etib, o'quvchilarga yurtimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari to'g'risida aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda jonli muloqotlar tashkil etiladi.

Xayr maktab - salom kollej tadbirlarida o'quv yili sarhisob qilinib, sport musobaqalari, musiqa tanlovlari, bilimlar bellashuvi va umuman maktab hayotida faol ishtirok etgan faol iqtidorli o'quvchilar hamda fidoyi o'qituvchilar taqdirlanadi.

Jumladan, o'z qobiliyati va iqtidori bilan bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasi, turli sport musobaqalarida yuqori o'rinlarni egallab, ustozlari va ota-onalar ishonchini oqlagan o'quvchilar alohida taqdirlanadi. Shuningdek, Eng ibratli o'quvchi, Eng faol o'quvchi, Ijodkor o'quvchi, Yosh ixtirochi, Maktabimiz faxri, Sport ustasi, Kompyuter ustasi, Eng orasta qiz kabi nominatsiyalar bo'yicha iqtidorli va namunali o'quvchilar taqdirlanadi.

Tadbirlar gigiena va tozalik talablari, yong'in va texnik xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda o'tkazilishi shart.

dle 11.2
Oxshash sahifalar:
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan ko'rib chiqish, fuqarolarning ta'lim oid huquqlarini ta`minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda, xalq ta'limi vazirining



Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, yangiyultxtb.uz manbasi ko'rsatilishi shart.