BIZ HAQIMIZDA VIRTUAL QABULXONA SAYTNING MOBIL KO'RINISHI
VIDEOLAR JAVONI
Yangiliklar taqvimi
«     2017    »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
KO'P O'QILGANLAR

Xalq bilan muloqot kolami yanada kengaydi

24.03.17 | Bo'lim: Madanyat

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan ko'rib chiqish, fuqarolarning ta'lim oid huquqlarini ta`minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda, xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi, vazirlik ishonch telefoni va hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralarida tashkil etilgan virtual qabulxonalar orqali fuqarolarning murojaatlari qonunda belgilangan tartibda korib chiqilmoqda.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida vazirlik tomonidan yana bir yangilik joriy qilindi. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ta'lim muassasalari bilan ota-onalarning ozaro hamkorligini yanada kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish, ota-onalar bilan ta'lim tizimiga oid muammolarni joyida hal etish, bu borada aholi bilan yaqindan doimiy muloqotni tizimli tashkil qilish maksadida shu yilning 1-martidan boshlab respublikadagi barcha umumta'lim maktablarida Ota-onalar bilan muloqot xonasi tashkil etildi.

Muloqot xonasida ota-onalar belgilangan jadval asosida muassasa rahbari, oquv-tarbiya ishlari boyicha orinbosar yoki ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha direktor orinbosari tomonidan qabul qilinadi. Muloqot jarayoniga fuqarolarning murojaatidagi masalalarning mazmun mohiyatidan kelib chiqib, malakali va tajribali oqituvchilar yoki tegishli sinf rahbarlari jalb qilinishi ham mumkin.

Shuningdek, har oyda kamida bir marta umumiy orta ta'lim muassasalari huzuridagi Oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi a'zolari ishtirokida Ota-onalar bilan muloqot kunlari ham tashkil etiladi.

Ota-onalar istalgan vaqtda u yerga kelib, ozlarini qiziqtirgan masala yuzasidan rahbar xodimlar bilan muloqot ornatishi mumkin. Bu esa mavjud muammolarni joyida tezkorlik bilan hal qilish hamda oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish imkonini beradi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

dle 11.2
Oxshash sahifalar:
Xayr maktab - salom kollej tadbirlari o'quvchilarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g'oyasini, xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg'usini chuqur singdirish, ularda kelajakka ishonch, keksalarga va

Yoshlarni onlayn muhitda himoyalash O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi tomonidan o'zbek va rus tillarida "Onlayn muhitda yoshlarni



Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, yangiyultxtb.uz manbasi ko'rsatilishi shart.