BIZ HAQIMIZDA VIRTUAL QABULXONA SAYTNING MOBIL KO'RINISHI
VIDEOLAR JAVONI
Yangiliklar taqvimi
«     2017    »
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
KO'P O'QILGANLAR
Odob-axloq qoidalari

Odob-axloq qoidalari

Yangiyo'ltuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limining odob-axloq

QOIDALARI

XTMFMTTEB xodimlarining odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son "Davlat boshqaruv organlari va mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to'g'risidagi qaroriga muvofiq XTMFMTTEB xodimlarining (bundan buyon matnla xalq ta'lim xodimlari deb yuritiladi) odob-axloqi, xulq-atvori, o'z xizmat vazifalariga vijdonan munosabatda bo'lishi, ularni og'ishmasdan va yuksak kasbiy darajada bajarish tartibini belgilaydi.

I bob. Umumiy qoidalari

1. Odob-axloq qoidalari xalq ta'limi xodimlarining egallab turgan lavozimidan qat'iy nazar kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq atvorining asosiy qoidalari yig'indisidan iborat.
2. Odob-axloq qoidalari xalq t'limi xodimlari tomonidanbo'ladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularning sodir etilishi sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, xalq ta'limi xodimlarining yuksak huquqiy ongi, O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat'iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo'naltirilgan.
3.Xalq ta'limiga ishga kirayotgan har bir shaxs odob-axloq qoidalari bilan imzo qo'ydirilgan holda tanishtiriladi.
4.Xalq ta'limi xodimlari qonun hujjatlari va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishlari shart.Odob-axloq qoidalariga rioya etish XTMFMTTEB xodimlarining kasbiy faoliyatini va xizmatdagi hulq-atvorini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.

II-bob. Xalq ta'limi xodimlarining xizmat vaqtidagi xulq-atvorining asosiy prinsiplari hamda ularning huquq va majburiyatlari

5.Xalq ta'limi xodimlari o'z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishlari kerak.
-qonuniylik;
-fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
-vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoyilik;
-davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
-adolatlilik, halollik vaxolislik;
-manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik.
6. Xalq ta'limi xodimlarining huquqlari quyidagilardan iborat:
-amaldagi qonun hujjatlarida jamoa va mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaratishni talab qilish;
-belgilangan vazifalar uchun xalq ta'limida mexnatga haq to'lash shartlariga muvofiq o'z vaqtida va to'liq hajmda haq to'lashni talab qilish;kolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarini, bergan topshiriqlarini o'z vaqtida va sifatli bajarish;
-o'z faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari va ichki hujjatlarda belgilangan lavozim vakolatlari doirasida amalga oshirish;
-o'z xizmat vazifalarini bajarishda biror-bir shaxslar, guruxlar yoki tashkilotlarga yon bosmaslik va ustunlik bermaslik, ularning ta'siridan mustaqil bo'lish, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish, kamsitish holatlariga yo'l qo'ymaslik;
-o'z xizmat vazifalarini bajarishga to'sqinlik qiluvchi biror-bir shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlarining ta'siri bilan bog'liq bo'lgan hatti-harakatlarga barham berish;
-normativ-huquqmy hujjatlarda belgilangan cheklashlar va ta'qiqlarga rioya qilish, o'z xizmat vazifalarini og'ishmay bajarish;
-o'z xizmat faoliyatiga biror-bir ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga barxam berish;
-O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruxlar va konfessiyalarning madaniy hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olish, ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikka ko'maklashish;
-o'zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubxa paydo qilishi mumkin bo'lgan xulq-atvoridan o'zini tiyish, shuningdek, o'z obro'siga yoki davlat organining nufuziga zarar etkazishga qodir bo'lgan vaziyatlarga yo'l qo'ymaslik;
-xizmat mavqeidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar faoliyatiga noqonuniy ta'sir ko'rsatish uchun foydalanmaslik;
-davlat organida xabarlarni va xizmat axborotlarini taqdim qilishning belgilangan qoidalariga rioya etish;
8. XTMFMTTEB xodimlarining qonun hujjatlari talablarini va odob-axloq qoidalarini buzishi uchun siyosiy, iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqlik shuningdek, shaxsiy vajlar va boshqa subektiv sabablar asos bo'lolmaydi.
9. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, xalq ta'lim xodimlariga o'z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko'rish taqiqlanadi.
10. Xalq ta'limi xodimlari korrupsiya xolatlariga qarshi kurashishi va ularning profilaktikasiga faol ko'maklashishi shart.-xalq ta'limi xodimlari o'z raxbarini yoxud xuquqni muxofaza qiluvchi organlarni ularni xuquqbuzarliklar sodir etishga og'dirish maqsadida biror bir shaxslarning qilgan murojaatlarining barcha xolatlari to'g'risida, shuningdek boshqa davlat xizmatchilari tomonidan sodir etilgan xuquqbuzarliklarning o'zlariga ma'lum bo'lgan har qanday holatlari haqida xabardor qilishi shart.
11. Xalq ta'limi xodimlari kasbiy faoliyati davomida o'zlariga ma'lum bo'lgan axborotlarning saqlanishi va maxfiyligini ta'minlash yuzasidan barcha choralarni qo'rishlari shart, ularning oshkor etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
12. XTMFMTTEB mudiri, mudir o'rinbosari (bundan buyon xalq ta'limi raxbariyati deb yuritiladi) o'ziga bo'ysinuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda o'rnak bo'lishi, Xalq ta'limida hamda tasarrufida hamdabo'limlarida ma'naviy-psixologik muxit shakllanishiga ko'maklashishi lozim, ular bo'ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni bajarishni talab qilmasligi, shuningdek qonunga xilof xatti-xarakatlarni sodir etishga undamasligi kerak.Xalq ta'limi raxbariyati kadrlarni qarindoshlik, hamshaxarlik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo'yicha tanlash va joy-joyiga qo'yish holatlariga yo'l qo'ymasligi kerak.Ular guruxbozlik, maxalliychilik, favoritizm ko'rinishlarining, shuningdek o'z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning qat'iy ravishda oldini olishi lozim.Xalq ta'limi raxbariyati va xodimlari tomonidan qonun xujjatlarining buzilishi faktlari to'g'risida murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikr va murojaatdagi tanqidi uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun ishdan bo'shatilishiga yoki boshqacha shaklda ta'qib qilinishiga yo'l qo'ymasligini ta'minlashi kerak.
13. Xalq ta'limi raxbariyati quyidagi vazifalarni bajarishi shart:-manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o'z vaqtida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi;-korrupsiyaning oldini olish choralarini ko'rishi;-xodimlarni samarali boshqarishi;-o'ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag'larga extiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo'lishi;Xalq ta'limi raxbariyati o'ziga bo'ysunuvchi xodimlarning xizmat vazifalarini va xulq-atvor prinsiplari buzayotgan xatti-xarakatlariga (xarakatsizligiga) yo'l qo'yilmaslik choralarini ko'rmaganligi uchun javob beradi.
14. Xalq ta'limi xodimlari jamoadagi xamkasblari bilan o'zaro xushmuomalali, odobli, e'tiborli bo'lishi, fuqarolar bilan munosabatda bo'lganda sabr-toqatli, ularni hurmat qilishi shart.Ular xalq ta'limi tizimi xodimlariga va boshqa fuqarolarga nisbatan asossiz psixologik va jismoniy ta'sir ko'rsatish holatlariga yo'l qo'ymasligi kerak.Xalq ta'limi xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog'ida ish sharoitlari va xizmat tadbirlarining shakliga bog'liq holda tashqi ko'rinishi, kiyinish madaniyati, fuqarolarning xalq ta'limiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishiga yordam berishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo'lishi kerak.Ular vazminligi va tartibliligi bilan boshqalardan ajralib turishi hamda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida alkogolli ichimliklardan, giyoxvandlik yoki toksik moddal ta'siridan mastlik holatida ishga kelishi ta'qiqlanadi.Shu kuni ishga kelgan xodim ishga qo'yilmaydi.
15. Xalq ta'limi xodimlari xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, g'ayriijtimoiy hatti-harakatlarga yo'l qo'ymasligi kerak.

III-bob. Manfaatlar to'qnashuvi

16. Xalq ta'limi xodimlari o'z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to'qnashuviga sabab bo'ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo'l qo'ymasliklari kerak.Manfaatlar to'qnashuvi xalq ta'limi xodimlarining shaxsiy manfaatlari ularning o'z xizmat vazifalarini xolisona va beg'araz bajarishiga ta'sir ko'rsatadigan yoki ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan holatlarda paydo bo'ladi.Xalq ta'limi xodimlarining shaxsiy manfaatdorligi ularning shaxsan o'zi yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek, ular yaqin yoki ishbilarmonlik munosabatlarda bo'ladigan boshqa shaxslar uchun har qanday naf ko'rish yoki afzalliklarga ega bo'lishini o'z ichiga oladi.Manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda xalq ta'limi xodimlari o'z raxbarini darxol xabardor qilishi kerak.Manfaatlar to'qnashuvi mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotni olgan rahbar uni tartibga keltirish bo'yicha o'z vaqtida choralar ko'rishi shart.

17.Xalq ta'limi xodimlari o'zlarining o'z xizmat vazifalarini zarur darajada bajarishiga yoki ularga zarar etkazishi mumkin bo'lgan faoliyatni amalga oshirmasligi kerak.Xalq ta'limi xodimlari har qanday holatlarda ham o'z xizmat mavqeidan mumkin bo'lmagan shaxsiy foydani olishi mumkin emas.Ular o'z raxbarini manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik bo'yicha choralar ko'rish maqsadida tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etishi to'g'risida xabardor qilishi shart.
18.Xalq ta'limi xodimlari lavozimiga tayinlanayotganda va xizmat vazifalarini bajarayotganda o'zining xizmat vazifalarini zarur darajada bajarishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan shaxsiy manfaatdorligining mavjudligi yoki mavjud bo'lishi imkoniyati to'g'risida ma'lum qilishi shart.
IV-bob. Odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

19. Xalq ta'limi xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo'lishi mumkin.
20. Xalq ta'limi xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi attestasiyalar o'tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
21. Ushbu odob-axloq qoidalari normalarining buzilishlari odob-axloq komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi.Odob-axloq qoidalarining buzilishi holatlarini odob-axloq komissiyasi tomonidan ko'rib chiqish natijalari bo'yicha intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to'g'risida xulosa chiqariladi. Odob-axloq komissiyasi tomonidan xalq ta'limi raxbariyatiga odob-axloq qoidalari buzilganligi va uni javobgarlikka tortish to'g'risida takliflar kiritiladi.Yo'l qo'yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda, odob-axloq komissiyasi xalq ta'limi xodimiga nisbatan odob-axloq qoidalarining buzilishiga yo'l qo'ymaslik to'g'risidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin.Xalq ta'limi xodimi o'zi yo'l qo'ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko'rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o'zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

V-bob. Yakuniy qoidalar

22. Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan maqsadlar yuzasidan vujudga kelgan muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
23. Odob-axloq qoidalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish uni tasdiqlash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
dle


Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, yangiyultxtb.uz manbasi ko'rsatilishi shart.