BIZ HAQIMIZDA VIRTUAL QABULXONA SAYTNING MOBIL KO'RINISHI
VIDEOLAR JAVONI
Yangiliklar taqvimi
«     2017    »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
KO'P O'QILGANLAR

Yoshlarni onlayn muhitda himoyalash

21.02.17 | Bo'lim: Pedagoglarga

Yoshlarni onlayn muhitda himoyalash

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi tomonidan o'zbek va rus tillarida "Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo'yicha qo'llanma ishlab chiqildi.
Mazkur qo'llanma Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 7 apreldagi qo'shma qarori asosida tasdiqlandi. Qo'llanmaning tasdiqlanishi, shuningdek, Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi va Respublika "Kamolot YoIH Markaziy kengashi bilan kelishildi.
"Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo'yicha qo'llanma voyaga etmaganlar va ularning ota-onalariga mo'ljallangan bo'lib, unda bolalarni Internet tarmog'idagi xavf-xatarlardan asrash va ularning axborot xavfsizligi me'yorlariga rioya qilishlari bo'yicha tavsiyalar mavjud. Jumladan, qo'llanmada voyaga etmaganlar 3 toifaga (7 yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha) bo'lingan holda, ularga va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va tavsiyalar berilgan.
Qo'llanma respublika bo'ylab tarqatilganidan so'ng, yosh foydalanuvchilar Internet tarmog'idagi salbiy kontentlardan himoyalanish usullarini o'rganishlari, ota-onalar esa farzandlarining Internet tarmog'idan to'g'ri va samarali foydalanishlarini ta'minlay olish imkoniyatiga ega bo'lishlari kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2015 yilning dekabr oyida respublikadagi 7 ta vazirlik va idoralar Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi va Respublika "Kamolot YoIH Markaziy kengashi o'rtasida "O'zbekiston Respublikasida Internet-madaniyatni rivojlantirish bo'yicha 2016-2018 yillarga mo'ljallangan qo'shma chora-tadbirlar rejasi kelishilgan bo'lib, ushbu chora-tadbirlar rejasi asosida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Manbaa:infosec.uz
dle 11.2
Oxshash sahifalar:
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan ko'rib chiqish, fuqarolarning ta'lim oid huquqlarini ta`minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda, xalq ta'limi vazirining



Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, yangiyultxtb.uz manbasi ko'rsatilishi shart.